Abxaz xalq maqollari

– Kuchsiz odam – hammaning dushmani.

– Bosh bo‘lsa, qalpoq topiladi.

– Hamma it o‘z uyida kuchli.

– Odamning qaeri og‘risa, qo‘lini o‘sha yerga qo‘yadi.

– Kulol ko‘za sopini qaerga xohlasa, o‘sha yerga qo‘yadi.

– Mehmon mehmonni ko‘rolmadi, mezbon ikkalasini.

– Birov uchun harakat qil, o‘zing uchun o‘rgan.

– Daraxt ildizi bilan, odam qarindoshlari bilan tik turadi.

– Buqaga shox og‘irlik qilmaydi.

– Kar uchun ikki marta karnay chalinmaydi.

– Ochga tuz bilan qalampir – yaxshi ovqat.

– Yomon akadan yaxshi qo‘shni afzal.

– Sutga qarasang, qora dog‘ topasan.

– Agar suv ham yonsa, nima bilan o‘chirasan?

– Ko‘zaga baqirsang, senga ham baqiradi.

– Ota urushqoq bo‘lsa, bolasi ham jangari bo‘ladi.

– Tirikni o‘likka alishmaydilar.

– Kimga o‘rganib qolinsa, o‘shani hurmat qiladilar.

– Kim yomonlik qilsa – o‘ziga, yaxshilik qilsa ham – o‘ziga.

– Kuchiga ishongan do‘q qilmaydi.

– Kasal bo‘lmagan sog‘likning qadriga yetmaydi.

– Kim o‘ziga foyda bermasa, u boshqalar uchun ham foydasizdir.

– Aytishdan uyalmagan, qilishdan ham uyalmaydi.

– Yoqimtoy qo‘zichoq ikki onani emadi.

– Ortiqcha gap – jonning ozori.

– Ot o‘lsa – dala qolar, mard o‘lsa – so‘zi qolar.

– Yaxshi qush hammadan orqada uchadi.

– Baqa ham o‘z botqog‘ining hammadan katta bo‘lishini istaydi.

– Ayiq o‘zini boqqanni tishlaydi.

– Indamas mushuk miyovlagan mushukdan xavflidir.

– Qo‘lda beshta barmoq bor, ular ham barobar emas.

– Ichida nima borligini bilmasdan, xunuk meshdan kulma.

– Six ham, go‘sht ham kuymasin.

– Ma’lumot – mehmon, aql – mezbon.

– Bitta sassiq nok yuzta nokni bulg‘aydi.

– Bir so‘zni ikki marta qaytarsang – u ham sasiydi.

– Eshakka egar yarashmaydi.

– Yomon oshkora bo‘ladi, yaxshi yashirin.

– Bola yig‘lamaguncha, ona emizmaydi.

– Ota-ona bola uchun, bola o‘zi uchun.

– Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.

– Avval seni kimlar eshitayotganini ko‘r, so‘ngra gapir.

– Qari it ham cho‘chqachani tuta oladi.

– To‘q do‘stlarini ham to‘q deb o‘ylaydi.

– Ikki pakanaga dunyo torlik qilibdi.

– Terak baland o‘sgani bilan, uning mevasini hech kim ko‘rgani yo‘q.

– Zaif odamning tili uzun bo‘ladi.

– O’g‘irlangan sigir to‘rt paqir sut berarmish.

– Ikki yomon farzanddan bitta yaxshi qiz afzal.

– Jangda bo‘lmagan kishi – botir.

– Devor sinch bilan, odam odam bilan tik turadi.

– Odamni tuproqdan boshqa narsa to‘ydirolmaydi.

– Birov berganida o‘tirgandan, bekor yurgan yaxshi.

– Begona murda uxlayotganga o‘xshaydi.

– Hazil – haqiqatning yarmi.

Davronbek Tojialiyev tarjimalari.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *